08:40 / 24.10.2018
11772

Jurnalist ishi. AQSh aybdorlarni qanday jazo kutayotganini ma'lum qildi

Foto: AP

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Vashington saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi uchun mas'ul bo‘lgan bir qator shaxslarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar qotillikda aybdor bo‘lganlarning vizalarini bekor qilish niyatida. Amerika davlat kotibining ta'kidlashicha, Vashington bu jinoyat uchun mas'ul bo‘lganlarga «Magnitskiy global akti» doirasida sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

«Ushbu choralar Qo‘shma Shtatlarning bu ish bo‘yicha so‘nggi so‘ziga aylanmaydi. Biz ta'kidlaymizki, Amerika Qo‘shma Shtatlari jurnalistni jim bo‘lishga majburlash maqsadiga yo‘naltirilgan bunday shafqatsiz zo‘ravonlik harakatlariga toqat qilmaydi», - deya ma'lum qildi Pompeo.

Shu bilan birga, Davlat departamenti rahbari qayd etishicha, AQSh va Saudiya Arabistonining umumiy strategik manfaatlari saqlanib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni jurnalistning o‘ldirilishini «jiddiy xato» deb atagandi.

Mavzu
Jamol Qoshiqchining o‘limi
The Washington Post nashri uchun ishlaydigan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirib ketgach, izsiz yo‘qoldi
Barchasi
Mavzuga oid
Top