01:21 / 25.10.2018
19174

Oyog‘i singan yaponiyalik ayol marafonchi pand berishni istamay, marraga emaklab bordi (video)

Yaponiyaning Fukuoka prefekturasida o‘tgan “Malika Ekiden” jamoaviy marafoni ishtirokchisi hayratomuz mas'uliyat va g‘alabaga intilishni namoyish qildi.

Gap shundaki, musobaqa ishtirokchilaridan biri Rey Iida marraga 200 metr qolganda oyog‘ini sindirib olgan. Biroq matonatli sportchi jamoadoshlariga pand berishni istamay, distansiyadan chiqmay, marraga emaklab yetib bordi. 

Sportchi tizzasidan olgan jarohatiga qaramay, asfaltda o‘z ortidan qon izlar qoldirgancha marra tomon to‘xtamagan.

Iidadan estafetani qabul qilishi kerak bo‘lgan jamoadoshi ko‘z o‘ngidagi holatdan yoshini tiyib turolmagan.

Iidaning shuncha urinishlari zoye ketdi: aniqlanishicha, u marraga emaklagancha ketayotgan bir vaqtda uning murabbiyi telefon orqali uni musobaqalardan olishga ko‘rsatma bergan. Bu esa butun jamoaning avtomatik chetlatilishiga olib kelgan.

Marafondan keyin Iida shifoxonaga jo‘natilgan va u yerda unga oyoq sinishi tashxisi qo‘yilgan. Shifokorlarning aytishicha, uning tiklanishiga 3-4 oy vaqt kerak bo‘ladi.

Bo‘lib o‘tgan voqea Yaponiyada katta munozara keltirib chiqargan. Odamlar qizning qat'iyatliligidan ta'sirlanishgan va uni to‘xtatmagan marafon tashkilotchilari harakatlaridan norozilik bildirishgan.

Mavzuga oid
Top