13:03 / 25.10.2018
32964

O‘zbekiston - Amerika munosabatlarining ijobiy samarasi qishloq xo‘jaligida yangi davrni boshlab bermoqda

Joriy yilning 15-17 may kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga rasmiy safar uyushtirgan edi. Keng doiradagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh rasmiy delegatsiyasi vakillari ishtirok etib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Vashingtondagi «Bleyr xaus» qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida hujjatlarni imzolash marosimi o‘tkazilib, ikki mamlakat vazirlik va kompaniyalari o‘rtasida savdo, energetika, moliya, qishloq xo‘jaligi, fan-ta'lim sohalariga doir qator hujjatlar imzolandi.

Foto: John Deere

Davlat rahbarining Amerikaga rasmiy tashrifi qishloq xo‘jaligiga zamonaviy innovatsion texnologiyalarning kirib kelishida o‘ziga xos ijobiy ta'sir o‘tkazdi. Ayni paytda klaster usuliga O‘zbekiston paxtachiligining kelajagi sifatida qaralmoqda. Joriy yil mamlakatimizning ko‘plab tumanlarida mazkur loyiha sinovdan o‘tdi.

Ma'lumki, 2018 yil Prezident tashabbusi bilan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e'lon qilingan. Davlat rahbarining agrar sektorga zamonaviy texnologiyalarni olib kirish tashabbusi amalda ham o‘z ifodasini topmoqda. Toshkent, Andijon, Namangan, Xorazm,Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida Amerikada ishlab chiqarilgan, yuqori samaradorlikka ega - John Deere CP 690 paxta terim kombaynlaridan ilk bor hosilni terib olishda foydalanilgani ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Foto: John Deere

Paxtani yetishtirishdan tortib, undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga qamrab olgan klaster loyihasi Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa va Baliqchi tumanlarida, Toshkent viloyatining O‘rtasaroy QFYda va Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanlarida amalga oshirilmoqda. “Khantex” va “Uztex” klasterlariga John Deere CP 690 paxta terimi kombaynlari va 8R rusumli John Deere traktorlari keltirilib, paxta maydonlarida yuqori samaradorlikka erishildi.

Joriy yil, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida mavjud 8168 gektar paxta maydonining 858 gektarida “Khantex-group” tomonidan zamonaviy texnologik uskunalar asosida klaster usulida paxta yetishtirildi.

“Khantex-group” korxonasi paxta hosilini sifatli terib olish maqsadida klasterga zamonaviy texnologiyalarni olib keldi. Jamiyat Amerikaning qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishda jahonda yuqori nufuziga ega bo‘lgan – “John Deere” kompaniyasidan 2 ta paxta terish kombaynini paxta mavsumida sinovdan o‘tkazdi.

Foto: John Deere

6 qatorlik “John Deere CP690” xamda 4 qatorlik “John Deere 9970” paxta terish mashinalarining ishlash quvvati o‘z samaradorligini amalda yaqqol namoyon etdi. 6 qatorlik “John Deere CP690” paxta terish mashinasi kuniga 40-50 gektar maydondan 80-100 tonnagacha, 4 qatorlik “John Deere 9970”  paxta terish mashinasi esa 25-30 gektardan 50-70 tonnagacha paxta terish imkoniyatiga ega. Tasavvur qiling, agar hosilni terish uchun dalaga 100 nafar terimchi chiqib, 5 gektarda o‘rtacha 70 kilogrammdan paxta tersa 7 tonna bo‘ladi. Ularga ketadigan xarajatlar ham shunga yarasha. 6 qatorlik agregatning yana bir qulayligi terilgan paxtani, terim jarayoni davomida dumaloq rulon holatiga keltirib, uni plyonkaga qadoqlaydi. Bu, o‘z navbatida, terilgan paxtani daladan transport yordamida olib ketishga qulaylik yaratuvchi muhim omildir. Har bir rulonni 2-2,2 tonna og‘irlikda g‘amlaydi. Ko‘rib turganingizdek,  “John Deere” qishloq xo‘jaligi texnikalari klasterga har tomonlama foyda keltiradi”, - deydi “Khantex-group” iqtisodchisi Bekzodbek Hakimov.

Foto: John Deere

To‘qimachilik klasteri qoshida tashkil etilgan “Sunshine Republic” fermer xo‘jaligi paxtani 76 sxemada ekib parvarishlagan. Bu yil 350 gektardan ziyod paxta maydoni “John Deere” qishloq xo‘jaligi texnikalari yordamida terildi va yuqori hosildorlikka erishildi. Klaster keyingi yilda mavjud 858 gektar yerning barchasiga 76 sxemada dehqonchilik qilishni rejalashtirgan.

Bir so‘z bilan aytganda, qishloq xo‘jaligiga jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy texnologiyalarini olib kirish, hosilni yetishtirish, yig‘ib olishda vaqt va mablag‘ni tejaydi.

Top