8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

23:38 / 26.10.2018 6918

Anqara Ar-Riyoddan Qoshiqchining o‘ldirilishida ayblanayotganlarni topshirishni talab qilmoqchi

Foto: AP / Emrah Gurel

Turkiya bosh prokuraturasi jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishida gumon qilinayotgan 18 kishini topshirish talabi bilan Saudiya Arabistoniga murojaat tayyorlagan. Bu haqda Turkiya adliya vazirligi so‘zlab berdi.   

“Qoshiqchining ishini tergov qilayotgan Istanbul bosh prokuraturasi adliya vazirligiga Saudiya Arabistonidan qasddan sodir etilgan ushbu qotillikka aloqador 18 kishining topshirilishi haqidagi so‘rovni jo‘natgan. Bugun olingan bu so‘rov Turkiya tashqi ishlar vazirligiga Saudiya tomoniga berib qo‘yish maqsadida jo‘natilgan”, deb aytilgan xabarda.  

Top