13:46 / 26.10.2018
55921
Reklama

Ko‘cha-ko‘yda "Non-kabob" degan yozuvga tez-tez ko‘zimiz tushmoqda. Lekin bularning bari haqiqiy "Non-kabob" tarmog‘i emas

Foto: Non-kabob

Bugun, 26 oktabr kuni ko‘p sonli mijozlarning talab va istaklariga binoan Davron&Botir's original brendining yana bir yangi filiali poytaxtimizning Shayxontohur tumani, A. Qodiriy ko‘chasi Gangada ishga tushdi. Tantanali ochilish marosimi san'atkorlar va mehmonlarning tashrifi bilan gavjum bo‘ldi.

Foto: Non-kabob

Yangi filialning afzal jihati Toshkentning asosiy markaziy ko‘chalari kesishgan yerda joylashganidadir. Bu albatta, o‘z navbatida mijozlarning qulay tashrifini ta'minlab, mazali non-kaboblardan istalgancha bahramand bo‘lishlariga yordam beradi. 

Foto: Non-kabob

O‘zimizning o‘zbekona fast-fudimiz asoschilari bo‘lmish Davron Hoshimov va Botir Jo‘rayevlarga milliy taomni xorijiy tamaddixonalarda ham keng targ‘ib qilishlarida omad tilab qolamiz. 

Foto: Non-kabob

Shoshiling! Ziravorlarga boy sous va maromida pishgan go‘sht hamda o‘zbegimning tandirida mehr bilan yopilgan issiqqina nondan ta'tib ko‘rib, baho bering.

Foto: Non-kabob

Manzil: Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, (“Ganga”)

Mo‘ljal: Pinokkio o‘yinchoqlar do‘koni qarshisida

Murojaat uchun telefon: +99890 920 05 03

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top