23:25 / 27.10.2018
14543

A Seriya. Ronalduning dubli «Yuventus»ga irodali g‘alabani keltirdi

Italiya chempionati 10-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.  

«Yuventus» safarda «Empoli» bilan bellashdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

28-daqiqada Kaputo mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.  1-bo‘lim kutilmaganda «Empoli» g‘alabasi bilan tugadi. 2-bo‘limda hammasi joy-joyiga tushdi. 54-daqiqada Ronaldu penaltidan hisobni tenglashtirdi. 70-daqiqada esa uzoq masofadan chiroyli zarba bilan gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Bu natijadan so‘ng, «Yuventus» 28 ochko bilan 1-o‘rinda, «Empoli» esa 6 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda. 

A Seriya, 10-tur
Empoli – Yuventus 1:2
27 oktabr, «Karlo Kastellani» stadioni
Gollar: 1:0 – 28 Kaputo, 1:1 – 54, penalti Ronaldu, 1:2 – 70 Ronaldu. 
Empoli – Provedel, Silvestre, Antonelli (Paskual, 69), Di Lorentso, Mayyetta, Akkua, Traore (la Gumina, 82), Zayts (Uchan, 75), Bennaser, Krunich, Kaputo.
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, De Shilo (Bardzali, 90), Rugani, Bentankur, Pyanich (Duglas Kosta, 80), Matyuidi, Bernardeski (Kuadrado, 66), Dibala, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Bernardeski (43), Bentankur (45), Traore (58), Dibala (78), Uchan (90).

Top