8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

18:05 / 27.10.2018 16680

Gulbahorning shifo topishi uchun hamma narsa tayyor, faqat mablag‘ kamlik qilayapti

Ona o‘z bolasini dunyoga keltirib, uni balo-qazolardan, yomonliklardan asrab katta umidlar bilan voyaga yetkazadi. Uning kamolini, yaxshi kunlarini ko‘rish uchun borini berib yashaydi. O‘zi yemay yediradi, kiymay kiydiradi. Ona uchun farzanddan-da azizroq ne'mat bo‘lmasa kerak bu dunyoda.

KUN.UZ yordamga muhtoj yurtdoshlarimizning holidan xabar olish, og‘irini yengil qilish ilinjida xayriya aksiyalarini o‘tkazib kelmoqda. Ana shunday ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizdan biri Andijon viloyati, Xonobod shahrida istiqomat qiluvchi Jo‘raboyeva Ximoyatxon ayadan murojaat kelib tushdi. Vaziyatni o‘rganish maqsadida ijodiy guruhimiz bilan Ximoyatxon ayaning yoniga bordik, aya bilan suhbatlashdik. Ma'lum bo‘lishicha, qizi Gulbahor ikki buyrak qurishi xastaligiga chalingan ekan.

Youtube'da ko‘rish

Mover'da ko‘rish (Tas-ix)

«Shuncha harakat qildik, qarz oldik, oxiri imkonimiz qolmadi. Yordam so‘rashga majbur bo‘ldik. Gulday qizim ikki tomonlama buyrak qurishi xastaligi bilan 8 yildan beri kurashib kelmoqda. Dadasi olamdan o‘tib ketgan. Akasining ham bor topganini ishlatdik, lekin natija bo‘lmadi. Hali qizim yosh, hamma qatori baxtini ko‘rishni istayman. To‘g‘ri keladigan donor topish qiyin bo‘ldi, qarindosh bo‘lmasa, bizda ruxsat yo‘q ekan. Endi opasining buyragini ko‘chirib o‘tkazmoqchimiz. Operatsiya Hindistonda qilinar ekan. Hamma xarajatlar bilan 18 ming dollar atrofida ketadi. Bor-budimizni sotib 7 ming dollar yig‘dik, lekin qolganini topishga imkoniyatimiz yo‘q. Yaxshi niyatda yaxshi insonlardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldik. Boshimizga tushganini birovga ravo ko‘rmayman. Qilgan yordamlaringiz haqiga bir umr duoda bo‘laman», - dedi Ximoyatxon aya.

Aziz va saxovatpesha yurtdoshlar! Onaizorning guldek qizi Gulbahorga yordam qo‘lini cho‘zaylik. Umid bor, donor bor, faqat ozgina e'tibor, moddiy ko‘mak berib yuborsak, u yana hayotga qaytadi. Gulbahor sizu biz yashayotgan dunyoda yashashni istaydi. Qo‘limizdan kelgunicha, imkoniyatimiz yetgunicha yordam beraylik, duo qilaylik, onaizorga dalda bo‘laylik. Biz ko‘pchilikmiz hammamiz birgalashib g‘ayrat qilsak yana bir insonning hayoti saqlab qolinishiga erishamiz.

Qo‘shimcha ma'lumotlar:

Click/PayMe: 8600 0417 1244 5049 (AGROBANK. Onasi: Jurabayeva Ximoyatxon)

VISA CARD: 4187 8200 0009 2005 (AGROBANK. Ximoyatxon Jurabayeva)

Telefon: +998 (93) 630 60 55

Rahmatilla Isroilov tayyorladi

Teglar

Top