12:35 / 27.10.2018
16409
Reklama

Toshkentda MEIZU firma do‘koni ochildi

Foto: MEIZU

MEIZU kompaniyasi Toshkent shahrida o‘zining flagman do‘konini ochdi. Ushbu do‘kondan xaridorlar MEIZU smartfonlari va aksessuarlarini sotib olishlari, shuningdek, MEIZU qurilmalari bo‘yicha batafsil ma'lumot va tavsiyalar bilan tanishishlari mumkin.

Sifatli smartfonlar ishlab chiqaradigan mazkur brend O‘zbekistonda rasmiy do‘konini ochishni rejalashtirayotgani haqida shu yilning bahorida xabarlar tarqalgan edi. Oradan bir necha oy o‘tgach, kompaniya o‘z va'dasiga sodiq qolgan ravishda Toshkent shahrida MEIZU brendshopining eshiklarini mijozlar uchun ochdi.

Foto: MEIZU

Barchaga ma'lumki, ushbu Xitoy brendi ohang va boshqa jihatlarga alohida e'tibor bilan yondashadi, shuning uchun sifatli tovush MEIZU smartfonlariga tegishli afzalliklardan biri hisoblanadi. Brendshop ochilishi ham mavzuga mos tarzda yaxshi musiqa va raqslar bilan uyg‘unlashdi. MEIZU kompaniyasining ramzi bo‘lgan yoqimli panda ohangdor treklarga mos raqsga tushib, ochilish marosimiga tashrif buyurgan mehmonlarga xush kayfiyat ulashdi.

Keling, endi ushbu tadbirning asosiy qahramonlari MEIZU smartfonlari haqida gaplashsak. Internetda smartfon tasvirlarini tomosha qilish, albatta, yaxshi, ammo qurilmani shaxsan, o‘z qo‘lingiz bilan sinab ko‘rishning zavqi boshqacha. Marosimga kelgan mehmonlarning barchasi demo-stendga o‘rnatilgan so‘nggi MEIZU smartfonlari bilan jonli tarzda tanishish va shu yerning o‘zida ularni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bundan tashqari, brendshopda mehmonlar 16 seriyadagi yangi modellarni tekshirib ko‘rib, oldindan buyurtmani amalga oshirishlari mumkin.

Foto: MEIZU

Ko‘pchilik mehmonlar uchun MEIZU aksiyasi haqidagi xabar chinakam syurprizga aylandi. Ushbu aksiya doirasida MEIZU smartfonini xarid qilganlarga 16 GB yoki 32 GB sig‘imdagi micro SD-karta taqdim etilayotgan edi. Aktsiya 15 kun, ya'ni 2018 yilning 28 oktabriga qadar davom etadi.

Foto: MEIZU

Bugungi kunda firma do‘koni doimiy ish tartibida faoliyat yuritmoqda, u yerda siz nafaqat MEIZU smartfonlarini, balki ushbu brend ostidagi boshqa mahsulotlarning keng assortimentini topishingiz mumkin.

Yana ohang mavzusiga qaytsak. MEIZU butun dunyoga sifatli quloqchinlar ishlab chiqarishi bilan ham yaxshi tanilgan.  Brendshopda MEIZU POP, HD50, Flow, EP51, EP52 va  EPx2 quloqchinlarini  sotib olish imkoni mavjud. Musiqani atrofdagilar bilan baham ko‘rishni yaxshi ko‘radiganlar uchun A20 kolonkasi juda mos keladi. Bundan tashqari, do‘kondagi rastalardan zamonaviy ryukzaklar, sumkalar, chexollar, kabellar va zaryadlash qurilmalari o‘rin olgan.

Foto: MEIZU

Hozirda firma do‘konidan quyidagi smartfonlarni sotib olish mumkin:

Hamyonbop smartfonlar ro‘yxati bundan keyin kengayib boraveradi. Bu haqdagi xabarlarni brendning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin.

Barcha MEIZU tovarlariga bir yillik kafolat taqdim etiladi. Shu bilan birga, do‘kon qoshida rasmiy servis-markaz ham ochilgan.

MEIZU firma do‘konini topish qiyin emas — u Mercato savdo markazining 1-qavatida joylashgan. Ish vaqti: seshanbadan yakshanbagacha,  soat 10:00 dan 19:00 gacha, dam olish kuni dushanba.

Do‘konga kelishdan oldin biror ma'lumot bilan tanishmoqchimisiz? Unda quyidagi vositalar orqali o‘z savolingizga batafsil javob olishingiz mumkin:

— telefon raqamlari orqali: +998 71 200-01-88 va +998 71 200-03-88 (servis-markaz);

www.meizu.uz saytida;

— ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar orqali: Facebook, Instagram, Telegram yoki Telegram bot

Reklama huquqi asosida

Top