15:16 / 28.10.2018
6209

AliExpress fazoga sun'iy yo‘ldosh va mini kosmik stansiyasini olib chiqdi

Foto: Jorge Villegas / Zuma / TASS

AliExpress savdo maydonchasi Yer orbitasiga Candy Jar deb nomlangan mini kosmik stansiyasini va Tmall International aloqa sun'iy yo‘ldoshini olib chiqdi. 

«Kosmik dastur» 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Bo‘ydoqlar kuni yoki Jahon shoping kuniga bag‘ishlandi. Shu kuni AliExpress va boshqa riteylerlar AQShdagi «qora juma»ga o‘xshash arzonlashtirilgan savdolarni o‘tkazadi.  

Candy Jar Yer atrofini 90 daqiqa ichida to‘liq aylanib chiqadi. Aktsiya Rossiya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Portugaliya, Polsha, Turkiya, BAA va Braziliyada o‘tkaziladi.

Kompaniya sun'iy yo‘ldoshi xaridorlarga chegirmalar olish imkonini beradi: aksiya o‘tkazilayotgan kunda AliExpress mobil ilovasida Candy Jar qayerda ekanini ko‘rsatuvchi va fotosurat olish imkonini beruvchi maxsus bo‘lim ochiladi. Xaridor kosmik stansiya o‘z mamlakati ustidan o‘tayotgan paytda fotosuratga tushirsa, chegirmaga ega bo‘ladi.

2013 yilda Bo‘ydoqlar kunida kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab sotilgan mahsulotlari umumiy qiymati 5,14 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 bu ko‘rsatkich 25 mlrd dollardan oshib ketgan.

Mavzuga oid
Top