15:00 / 28.10.2018
7948

Kataloniyaning sobiq rahbari yangi partiya tuzdi

Foto: Newsweek

Kataloniya hukumatining sobiq rahbari, ayni vaqtda Belgiyadan boshpana topgan Karles Puchdemon «Milliy chaqiriq» nomli yangi partiyaga asos soldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatdi.

Bu partiya tarafdorlarining ilk uchrashuvi Kataloniyaning Manresa shahrida, o‘tgan yilning 1 oktabridagi namoyishlardan keyin hibsga olingan faollar qamalgan qamoqxona yaqinida o‘tkazilgan. Rasmiy Madrid Mustaqillik referendumini noqonuniy deb topganidan keyin tomonlar o‘rtasida to‘qnashuvlar kelib chiqqan va o‘nlab kishilar qo‘lga olingandi.

«Bir yil muqaddam kurashishni davom ettirishga qaror qilgandik. Biz o‘zimizni yaxshi davlat, respublika qurish uchun fido qilamiz», degan uchrashuv ishtirokchilariga videoaloqa orqali murojaat qilgan Puchdemon.

The Guardian nashri xabarida qayd etilishicha, Puchdemonning ko‘plab safdoshlari o‘tgan bir yil ichida o‘z nisbatan mo‘'tadillashgan va yangi partiyaga qo‘shilishmagan.

2017 yilning 1 oktabrida Kataloniyada Mustaqillik referendumi o‘tkazilgandi. Madrid bu referendumni noqonuniy deb hisoblab, uning o‘tkazilishiga qarshilik qilgandi. Kataloniya rahbarlari Ispaniya qirolligi hukumatini separatizmda ayblab, hududni ajratib olish kerakligiga da'vat qilishgandi. Keyinroq hududning o‘sha vaqtdagi rahbari Karles Puchdemon bir necha tarafdori bilan mamlakatdan qochib ketishga majbur bo‘ldi.

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top