8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

13:00 / 28.10.2018 28506

Ulkan sabrda namuna bo‘lgan ayol

Biror bir dardga chalingan odam davolanishga, og‘riqlardan, turli yomon xayollardan forig‘ bo‘lishga harakat qiladi. Buning uchun bor imkoniyatlaridan foydalanadi, muhimi shu og‘riqlardan qutulsa bo‘ldi. Ammo qo‘li kaltalik qilsa-chi? Ayniqsa, bu kurash jigar sirrozidek mudhish kasallik bilan kechayotgan bo‘lsa...

Video: Tas-IX

Video: YouTube

KUN.UZ tahririyatiga Toshkent viloyatidan murojaat kelib tushdi. Unda mazkur dardga chalingan ayol - Masturaxon taqdiri haqida so‘z boradi. Masturaxon Toshkent viloyatining «Nazarbek» dahasida tug‘ilgan. 2014 yili unga jigar sirrozi kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Vaqt o‘tib ayolning terisi qurib, yuzlariga ajin tusha boshlagach, turmush o‘rtog‘i va oila azolarining mushtipar ayolga nisbatan munosabati o‘zgargan. Turmush o‘rtog‘i, men kasalmand xotin bilan yashamayman, deb oilasidan voz kechib ketgan. Ayol 5 yashar o‘g‘il farzandi Muzaffar bilan ota-onasining uyiga kelishga majbur bo‘lgan. 

Bir akasi va bir ukasi har xil kasalliklar tufayli olamdan ko‘z yumgan. Ikki farzandini qabrga qo‘ygan ota-ona uchinchi farzandi Masturaxon dardiga shifo topishini so‘rab tunu kun duoda.

O‘tgan davr mobaynida Masturaxon bir necha bor shifoxonalarda muolaja olgan. To‘liq davolanishga moddiy tomondan qurbi yetmay muolajalarni uyda olishga majbur bo‘lgan. Qornida suv to‘planib shishib ketgan. Bundan bir oylar chamasi oldin qornidan uch litir suv olingan. So‘nggi kunlarda bemorning kasali yanada avj olgan, tinkasi quriyotganligi haqida malumot berishdi. Hozirda navbati bilan yaqin qarindoshlari bemor ayolni nazorat qilishmoqda. Yaqinda bemorni ko‘zdan kechirgan hind shifokorlari umid borligi, organ (jigar) ko‘chirish operatsiyasini amalga oshirish mumkinligini aytishgan. Operatsiya narxini 32 000 AQSh dollari, deb baholashgan. Allohning mehribonligi shu bo‘lsa kerak, bemorning ukasi Bahromjonning qon guruhi opasiniki bilan to‘g‘ri kelgan va opasining dardiga tengma-teng sherik bo‘lish uchun jigarining bir qismini donor sifatida berishga tayyor. Noumid shayton deganlaridek, azobda qiylanayotgan ayol davolanishda davom etmoqda.

Maxammatov Baxromjon

Azizlar, og‘riqlaru hayot sinovlariga metindek dosh berayotgan, sabr bilan do‘stlashib olgan bu matonatli ayolga yordam qo‘lini cho‘zaylik. Bemor Hindistonga borib jarrohlik muolajasini o‘tkazib kelishi uchun moddiy oddiy ko‘mak ko‘rsataylik.

Qo‘shimcha ma'lumotlar:

Plastik karta raqamlari:

8600 5304 0599 8611 InfinBank UZCARD

4738 7201 3634 4300  InfinBank VIZA

Maxammatov Baxromjon Atxam (bemorning ukasi)

Telefon raqami: (+99897) 706-54-85

Teglar

Top