10:16 / 29.10.2018
28624

Ayollar o‘rtasidagi janjal qon to‘kilishi bilan yakunlandi

Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 2018 yil 26 oktabr kuni Yurchi mahallasida yashovchi N.I. (ayol) Bobur mahallasida joylashgan savdo majmuasi oshxonasida o‘zaro janjal sabab tanishi, Sanoatchilik mahallasida yashovchi S.I. (ayol)ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. 

Natijada S.I. kasalxonaga yotqizilgan. N.I. ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Top