00:06 / 29.10.2018
5218

APL. "MYu" "Everton"ni kichik farq bilan yengdi

Foto: Twitter/Premier League

APL 10-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yin o‘tkazildi. 

"Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Everton"ni qabul qilib, kichik farq bilan g‘alaba qozondi – 2:1

27-daqiqada Pogba hisobni ochgan bo‘lsa, 49-daqiqada Marsyal oradagi farqni oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Mehmonlar safidagi yagona gol 77-daqiqada Sigurdssonning penaltini aniq amalga oshirishi oqibatida kiritildi. 

Manchester Yunayted – Everton 2:1
Gollar: 1:0 – 27 Pogba, 2:0 – 49 Marsyal, 2:1 – 77, penalti Sigurdsson.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelef, Pogba, Matich, Mata (Errera, 85), Fred (Lingard, 90), Marsyal, Reshford (Lukaku, 65).
Everton – Pikford, Kin, Din, Koulmen, Zuma, Bernard (Lukman, 62), Andre Gomesh, Uolkott (Tosun, 78), Sigurdsson, Risharlison, Guyye (Kelvert-Lyuin, 78).
Ogohlantirishlar: Smolling (20), Guyye (22), Matich (39).

Top