14:04 / 29.10.2018
61779
Xorijdan pul o‘tkazmalari asosan qaysi viloyatlarga yuborilishi ma'lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

2018 yilning yanvar-sentabr oylarida ayrim hududlar aholi umumiy daromadlari tarkibida respublika tashqarisidan kelib tushgan pul o‘tkazmalarining ulushi sezilarli darajada yuqori bo‘lib, Xorazm (30,2%), Samarqand (24,8%), Andijon (24,4%) viloyatlarida eng yuqori ulushni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shuningdek, Buxoro (22,6%), Namangan (21,9%), Surxondaryo (21,0%), Farg‘ona (19,1%) va Qashqadaryo (18,2%) viloyatlarida ham respublika darajasidan yuqori ulushni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi ma'lum qilingandi.

2018 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 684,5 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 22,9%ga o‘sishni ta'minladi.

Top