13:59 / 29.10.2018
8134
Qoshiqchi ishi. Saudiya bosh prokurori Istanbulga keldi
Foto: AFP

Saudiya Arabistoni bosh prokurori Saud al-Muajib Istanbulga yetib keldi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, al-Muajib saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bilan bog‘liq holatni tergov qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Saudiya bosh prokurori Saudiya Arabistonining bosh konsulxonasiga tashrif buyurishni rejalashtirgan, aynan shu yerda Qoshiqchi izsiz g‘oyib bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, OAV Britaniya Qoshiqchi bo‘yicha rejalarni avvaldan bilgani haqida xabar qilgandi.

The Daily Express'ning yozishicha, Britaniya maxsus xizmatlari Ar-Riyod muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘g‘irlab ketilishiga ruxsat berganini avvaldan bilgan. Buyuk Britaniya razvedkasidagi nomi oshkor etilmagan manbalar so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni razvedka xizmatlarining o‘zaro muzokaralari tutib olingan. Ularga go‘yoki jurnalistni o‘g‘irlash haqida buyruq berilgan, u, akademik doiralarda aytishlaricha, Ar-Riyod Yamanda kimyoviy qurol ishlatganini isbotlashni mo‘ljallagan. Buyruq «podshohga yaqin shaxslardan» biri tomonidan berilgan, biroq bu valiahd shahzoda bo‘lmagan. Shu bilan birga, jurnalist qarshilik ko‘rsatadigan bo‘lsa, vaziyatga qarab harakat qilish lozim edi.

Mavzu
Jamol Qoshiqchining o‘limi
The Washington Post nashri uchun ishlaydigan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirib ketgach, izsiz yo‘qoldi
Barchasi
Top