22:53 / 30.10.2018
30171

Dunyodagi eng ishonchli avtomobillar ma'lum qilindi

Ishonchlilik hamisha har qanday texnika, jumladan avtomobillarning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan. AQShning Consumer Reports nashri mutaxassislari tadqiqot o‘tkazib, 500 mingdan ko‘proq avtomobil egalarining fikrlari bo‘yicha 2017 yilning eng ishonchli avtomobillarini ma'lum qilishdi. 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng ishonchli mashinalar yapon markalari modellari ekanligi aniqlandi. Reytingda 1-o‘rinni maksimal 100 balldan 78 ball olgan Lexus markasi egalladi. Aynan shu marka modellarida 2016 yildagidek eng kam nosozliklar qayd qilingan. 

2-o‘rinni 76 ball olgan Toyota, 3-o‘rinni Mazda egallagan. Vaholanki, Mazda modellari 2016 yilgi reytingda eng buziluvchi modellardan biri deb topilib, 12-o‘rinni egallagandi.

Yaponiyaning Subaru va Janubiy Koreyaning KIA markasi mos ravishda 4- va 5-o‘rinni egallagan. Reytingning oxirgi o‘rinlaridan Tesla, Cadillac va Volvo joy egallagan.

Modellar ichida Lexus GX yo‘ltanlamasi eng ishonchli mashina deb topilgan. 2- va 3-o‘rinlarni Toyota Prius C va Toyota Prius Time, 4- va 5-o‘rinlarni Mazda MX-5 Miata va Toyota Corolla egallagan.

Top