01:28 / 30.10.2018
11856

Ronaldu “Instagram”da obunachilar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi

Foto: instagram.com/cristiano

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi eng mashhur odamga aylandi.

Futbolchi sahifasiga obuna bo‘lganlar soni 144 mln 200 ming foydalanuvchidan oshib ketdi. Ronaldu bu borada avvalgi yetakchi – amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomesdan o‘zib ketdi. Gomesning sahifasiga 144 mln foydalanuvchi obuna bo‘lgan.

33 yoshli Ronaldu sayyoramizning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan “Oltin to‘p” mukofotining 5 karra sohibi hisoblanadi. U joriy yozda “Real”dan “Yuventus”ga 117 mln yevro evaziga o‘tgan.

Mavzuga oid
Top