15:16 / 30.10.2018
17875

UFC rahbari: Nurmagomedov va Meyvezer MMA qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazishi kerak

Foto: Eurosport

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) rahbari Dana Uayt tashkilot chempioni Habib Nurmagomedov va amerikalik yengilmas bokschi Floyd Meyvezer o‘rtasidagi ehtimoliy jang bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda TMZ xabar qilmoqda.

Prezidentning ta'kidlashicha, bu jang haqiqatdan ham o‘tkazilishi mumkin, biroq faqatgina aralash jang san'atlari qoidalari (MMA) bo‘yicha tashkillashtirilishi kerak.

«Agar Meyvezer jang qilishni istasa, kelsin va jang qilsin. Lekin u UFC’da, boks qoidalarisiz jang qilishi kerak. Bir paytlar bu yo‘ldan borgandik, shuning o‘zi yetarli», - deya ma'lum qildi Uayt.

UFC’ning irlandiyalik jangchisi Konor Makgregor boks qoidalari bo‘yicha jangga rozi bo‘lib, amerikalik bilan bahsga kirishgandi. O‘shanda Meyvezer o‘ninchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC rahbari Nurmagomedov endi kim bilan jang o‘tkazishi kerakligini aytgandi.

Mavzuga oid
Top