20:44 / 31.10.2018
13518
Doing Business yangi reytingi e'lon qilindi: O‘zbekiston pastladi

Doing Business’ning yangi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 190 mamlakat ichidan 76-o‘rinni egalladi. O‘tgan yili esa mamlakat ushbu reytingning 74-pog‘onasida qayd etilgan edi. 

Reytingga muvofiq, O‘zbekistonda biznes yuritish qulayligi ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan 1,08 foizga oshib, 67,4 foizni tashkil qilgan. 

Shuningdek, O‘zbekiston “Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish” bo‘yicha - 12, “Elektr ta'minot tizimiga ulanish” bo‘yicha – 35, “Shartnomalar ijrosini ta'minlash” bo‘yicha – 41, “Kredit olish” bo‘yicha – 60, “Minoritar investorlar himoyasi” bo‘yicha – 64, “Soliqqa tortish” bo‘yicha – 64, “Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish” bo‘yicha – 71, “Qurilishga ruxsat olish” bo‘yicha – 134 va “Xalqaro savdo” bo‘yicha 165-o‘rinni egalladi. 

Bundan tashqari, Doing Business reytingida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘iston – 28-o‘rinda, Qirg‘iziston – 70-o‘rinda va Tojikiston 126-o‘rinlarda kelgan.

Top