10:46 / 31.10.2018
4630

Toshkent davlat agrar universitetida Germaniya oliygohi bilan birga qo‘shma kafedra ochildi

Joriy yilning 29 oktabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida Germaniyaning Leybnits nomidagi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish instituti (IAMO) bilan birga “Xalqaro qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” qo‘shma kafedrasi ochildi.

Kafedrada 3 ta doktorant va 2 ta magistrant uchun Germaniyaning “Folktsvagen” fondi 4 yilga mo‘ljallangan stipendiya ajratgan.

Shu bilan birga kafedrada Germaniyaning 3 ta professor o‘qituvchisi muntazam ravishda faoliyat olib borib, doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilishi ko‘zda tutilgan.

IAMO - mintaqaviy qishloq xo‘jaligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazishga ixtisoslashgan. Shu jumladan, agrar siyosati, oziq-ovqat xafsizligi, qishloq hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarini boshqarish va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi masalalar o‘rganiladi.

Top