12:07 / 31.10.2018
15116

Jahon futbolidagi eng yaxshi 50 murabbiy reytingi e'lon qilindi

Foto: Getty Images

FourFourTwo jurnali 2018 yil yakunlariga ko‘ra jahonning eng kuchli 50 nafar murabbiyi reytingini e'lon qildi.

Reytingning birinchi pog‘onasidan «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joy olgan. Kuchli uchlikka undan tashqari «Real»ning sobiq ustozi Zinedin Zidan va «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone ham kiritilgan.

FourFourTwo talqiniga ko‘ra, jahonning eng kuchli murabbiylari o‘nligi quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Xosep Gvardiola («Manchester Siti»)
2. Zinedin Zidan («Real» - sobiq)
3. Diyego Simeone («Atletiko»)
4. Massimiliano Allegri («Yuventus»)
5. Yurgen Klopp («Liverpul»)
6. Dide Desham (Fransiya terma jamoasi)
7. Maurisio Pochettino («Tottenxem Xotspur»)
8. Mauritsio Sarri («Chelsi»)
9. Yulian Nagelsmann («Xoffenxaym»)
10. Ernesto Valverde («Barselona»).

Qayd etish joiz, top-50 ro‘yxatga rossiyaliklar murabbiylar kiritilmagan.

Ma'lumot uchun, inglizchadan «4-4-2» deb ataluvchi ushbu nashr jahondagi eng yirik futbol jurnali hisoblanadi. U Angliya termasining ishtirokisiz o‘tgan 1994 yilgi mundial yakunidan chop etila boshlangan.

Top