17:27 / 01.11.2018
12780

YeChLning 2021 yilgi finali mezbonligiga da'vogar shaharlar e'lon qilindi

UYeFA 2021 yilgi yevrokuboklar finallariga mezbonlik qilishga qiziqish bildirgan shaharlarni ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, Myunxen va Sankt-Peterburg Yevropa Chempionlar ligasining 2021 yilgi finalini o‘zida o‘tkazish niyatini bildirgan. Yakuniy zayavkalar 2019 yil 15 fevraliga qadar qabul qilinadi.

Foto: UEFA

Yevropa Chempionlar ligasi:
Myunxen (Germaniya), «Myunxen Arena»
Sankt-Peterburg (Rossiya), «Sankt-Peterburg» stadioni

Yevropa Ligasi:
Vena (Avstriya), «Ernst Happel» stadioni
Tbilisi (Gruziya), «Dinamo Arena»
Sevilya (Ispaniya), stadionga aniqlik kiritilmagan

UYeFA Superkubogi:
Minsk (Belarus), «Dinamo» stadioni
Xelsinki (Finlyandiya), «Xelsinki» olimpiya stadioni
Belfast (Shimoliy Irlandiya), «Uindsor Park»
Xarkov (Ukraina), «Metalist» stadioni

UYeFA ayollar futbolidagi Chempionlar ligasi:
Praga (Chexiya), «Eden Arena»
Gotenburg (Shvetsiya), «Gamla Ullevi»

Mavzuga oid
Top