8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

18:15 / 01.11.2018 19473

Yosh umrga tog‘dek musibat - bosh miya o‘simtasidan aziyat chekayotgan ayol yordamga muhtoj

Insonlar dardiga malham bo‘lish oliyjanoblikdir. Xalqimiz o‘zidagi mana shu fazilat bilan doim faxrlanadi, chunki asrlar davomida sayqallangan bu xislat hayotining ajralmas qismiga aylanib bo‘lgan. Galdagi qahramonimiz ham oliyjanob inson.

Youtube'da ko‘rish

Facebook'da ko‘rish

Shahlo Nishonova 1985 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish 2/4, O‘razbayeva 1-uy, 10-xonadonda istiqomat qiladi. U bosh miya tomirlarining anevrizmasi kasalligiga chalingan. Anevrizma - tomirning devori yupqalashib, sharsimon ko‘rinishda shishib qolishi anevrizma deyiladi. Buning xavflilik jihati shundaki, normal tomirning qatlami uchtani tashkil qilsa, anevrizmada faqat uning bir qavati qoladi. Mushak va elastik qatlami yo‘q bo‘ladi. Shu sababli uning yorilib ketish ehtimoli bor va bu hayot uchun xavflidir. Eng yengil holatda ko‘z ko‘rmay qolishi, odamning falaj bo‘lib qolishi va eng yomoni – o‘limga olib kelishi mumkin.

Mana shunday og‘ir vaziyatda uning yonida turib, ko‘nglini ko‘tarish o‘rniga, turmush o‘rtog‘i ikki o‘g‘lini olib, ayolning o‘zini yolg‘iz tashlab ketadi. Bemorning yaqinlari, opa-singillari jigarbandi uchun qo‘llaridan kelgan yordamni berishmoqda. Ammo Shahloni miya jarrohligi amaliyotini qildirgani Hindistonga jo‘natishga ularda imkoniyat yo‘q. Bemorning ahvoli esa kundan-kun yomonlashib bormoqda.

- Boshimda og‘riqlar paydo bo‘ldi, ko‘nglim aynishni boshladi. Og‘riqlar bir daqiqa ham to‘xtamadi. Keyin chap ko‘zim ko‘rmay qoldi. Ko‘z shifokoriga borib davolandim, biroq baribir o‘tib ketmadi. Bir-ikki oydan keyin borib, yana davolandim. Keyin Toshkentga davolangani keldim. Poytaxtda Sankt-Peterburgdan shifokorlar kelgan ekan, ularning qabuliga yozildim. Shifokorlar 3 yoki 6 oylik umrim qolganini, tezda ongografiya qilishim zarurligini aytishdi. Turmush o‘rtog‘imga qo‘ng‘iroq qilib, bor gapni aytdim. “Mashinangizni sotasizmi, biror yo‘lini qiling”, deya zorlandim. U imkoniyati yo‘qligini aytdi. Bu orada shifokorlar menga operatsiyani O‘zbekistonda qilib bo‘lmasligini, tezda xorijga olib chiqib, davolash zarurligini aytishdi. Dorilarimni ichib yuribman, ammo hozirgacha og‘riqlar qolgani yo‘q. Erim ham bu orada meni tashlab ketdi. Agar yaxshi insonlar menga yordam berishsa, umrimning so‘ngiga qadar ularni duo qilib o‘taman, - deydi ko‘zlarida yosh bilan Sh. Nishonova.

Toshkentda tekshiruv o‘tkazgan vrachlar Shahlo Nishonovani Hindistonda davolash kerakligini bildirishdi va buning uchun taxminan 12 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ zarur bo‘lmoqda.

- Anevrizma ikki xil – ochiq va yopiq usullarda davolanadi. Ochiq usulda to‘g‘ridan-to‘g‘ri operatsiya qilinadi. Ayni paytda zamonaviy tibbiyot markazlarida yopiq uslub, ya'ni tomir orqali borib davolash usulidan foydalanilmoqda. Yopiq uslub ham ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi.

Birinchisi, agar anevrizmaning o‘lchami unchalik katta bo‘lmasa tomir orqali maxsus simcha yuboriladi. Simchalar tugunga yetib borib, u yerga joylashadi va yemirilgan devor o‘rniga qo‘shimcha devorga aylanadi. Natijada, devor qalinlashadi va qon aylanishida anevrizma ishtirok etmaydi.

Katta hajmli anevrizmalarda bu uslubni qo‘llash qiyinroq. Bunday vaziyatda tomirning ichidan trubka, ya'ni yamoq qo‘yiladi. Shu bilan anevrizmaning yorilib ketish xavfi bartaraf etiladi, - deydi neyroxirurg, interventsion radiolog Bahodir Abdushukurov.

Toshkentda tekshiruv o‘tkazgan vrachlar Shahlo Nishonovani Hindistonda davolash kerakligini bildirishdi va buning uchun taxminan 12 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ zarur bo‘lmoqda.

Umid qilamizki, oliyjanob, saxiy va yaxshilikka intiluvchi yurtoshlarimiz Shahloga qo‘llaridan kelganicha yordam berishadi. Bir insonni tag‘in sog‘lom hayotga qaytishida sababchi bo‘lishadi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar:

Plastik karta raqamlari:

Click/PayMe: 8600 0417 9612 9816 (AGROBANK)

VISA CARD: 4231 2000 0051 1401 (HAMKORBANK)

Telefon: +998(90) 924 37 29 (Shahlo Nishonova)

Teglar

Top