09:28 / 02.11.2018
5113

Yaman neft qazib olish va eksport qilishni rejalashtirmoqda - OAV

Foto: Khaled Abdullah/Reuters

Yaman hukumati «yaqin vaqt ichida» neft qazib olish va eksport qilishni qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Al Arabiya Yaman milliy axborot agentligiga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Yaman hukumati vakillari neft qanday hajmda qazib olinishi va eksportga chiqarilishi borasida aniqlik kiritishmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Yamandagi urushni tugatish niyatida ekani xabar qilingandi.

New York Magazine’ning yozishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari Yamandagi urushga butunlay yakun yasash niyatida. Xususan, bu hafta AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Yamandagi urushni tugatishga chaqirishdi. AQSh mudofaa mahkamasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «tinch jarayonga nafaqat yaqin kelajakda harakatlanish kerak», balki Vashington buni yaqin «30 kun ichida» qilishi kerak, deyiladi materialda.

Nashrning ta'kidlashicha, bu Yamanda uch yil muqaddam urush boshlanganidan beri u haqdagi eng qat'iy bayonotdir. Ushbu qadamlar BMT tomonidan «dunyodagi eng yomon gumanitar inqiroz», deb ataluvchi Yamandagi urushni tugatishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan turtkining bir qismidir, deb yozadi NY Mag.

Mavzuga oid
Top