08:12 / 02.11.2018
11855

Bolton «zolimona hukmronlik uchligi» ishtirokchilarini ma'lum qildi

Foto: Emily Michot/Miami Herald via AP

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Kuba, Venesuela va Nikaraguani «zolimona hukmronlik uchligi», deb atadi. Bu haqda Fox News xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Bolton bunda tarjimadan emas, balki rus tilidagi «troyka» ('troika of tyranny') transliteratsiyasidan foydalangan. Uning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar bir yarim sharda o‘zi bilan birga «diktatorlar va mustabidlar» bo‘lishiga toqat qilib o‘tirmaydi.

«Zolimona hukmronlik uchligi, bu Gavanadan Karakas va Managuaga qadar bo‘lgan terror uchburchagidir, u ko‘plab insonlar azob-uqubatlari, yirik mintaqaviy beqarorlik va G‘arbiy yarim sharda kommunizmning beshigi manbaidir», - dedi Bolton.

Amerika prezidentining maslahatchisi sotsialistik davlatlarga qarshi yangi choralar qabul qilinishi haqida e'lon qildi va yaqin orada ular «Amerikaning kuchli sanksiyalar rejimi og‘irligi»ni his qilishlarini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Eronga qarshi sanksiyalari yo‘lidagi jiddiy to‘siqlar ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top