13:51 / 02.11.2018
18554

«O‘zbekiston temir yo‘llari» yangi xizmat ishga tushirilgani haqida xabar berdi

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ 2018 yil 26 oktabrda tadbirkorlarni test rejimida konsultativ qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «sall-markaz» ishga tushgani haqida xabar berdi.

«Call-markaz» mutaxassislari yuk tashish to‘lovlarini hisoblash, optimal yo‘nalishni tanlash, shuningdek, yuk egalarini qiziqtirgan boshqa masalalar bo‘yicha barcha kerakli axborotni taqdim etadilar. Xizmat ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha amal qiladi.
 
Aloqa uchun:

tel: +99871 237-12-39, 
e-mail: consult@railway.uz

Top