12:33 / 03.11.2018
30005
Reklama

“Chustavtotexxizmat-N” MChJdan super aksiya: bitta avtomobil sotib olib, qo‘shimchasiga Cobalt egasi bo‘lish mumkin

Yangi, shinam va ko‘rkam ko‘rinishdagi avtomobilga ega bo‘lish ko‘pchilikning orzusi bo‘lsa kerak. Zero, yengil avtomobillar kishilar uzog‘ini yaqin qiluvchi asosiy transport vositalaridan hisoblanadi.

Foto: Chustavtotexxizmat-N

Sizda ham yaqin vaqtlar ichida yangi avtomobil xarid qilish rejasi bormi?

“Chustavtotexxizmat-N” MChJ barcha yuridik va jismoniy shaxslarga GM “Uzbekistan” AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarni tez va oson xarid qilish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif etadi.

“Chustavtotexxizmat-N” MChJ xizmatidan foydalanish orqali Siz Nexia, Spark, Cobalt, Lacetti va Malibu kabi avtomobillarni istalgan to‘lov turi bo‘yicha oson va tez sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, MChJda xaridorlarga talab yuqori hisoblangan Spark va Cobalt avtomobillarini 45 daqiqadayoq sotib  olish imkoniyati yaratilgan.

“Chustavtotexxizmat-N” MChJ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi munosabati bilan xalqimizga ajoyib bayram shukuhini ulashishni maqsad qilgan. Xususan, shu yilning 12 dekabriga qadar davom etadigan aksiya orqali avtosalondan xarid qilingan har bir yutuq egasiga muzlatgich, televizor, changyutgich, mikroto‘lqinli pech, kir yuvish mashinasi va boshqa turdagi qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.

Bu hali hammasi emas!

“Chustavtotexxizmat-N” MChJ yaqinlashib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan shu yilning 1 noyabridan 31 dekabriga qadar davom etadigan “Omadli xaridor” aksiyasini o‘tkazmoqda. Unga ko‘ra, belgilangan muddatda bizning avtosalondan avtomobil xarid qilgan yurtdoshlarimiz o‘z-o‘zidan aksiya ishtirokchisiga aylanib, yangi yil arafasida o‘ynaladigan Cobalt avtomobiliga ega bo‘lishi mumkin.

Aziz yurtdoshlar, shoshiling bu omadingizni sinab ko‘rish uchun ajoyib imkoniyat!

Foto: Chustavtotexxizmat-N

Aktsiya o‘yinlari 7 dekabr va 31 dekabr kunlari Namangan shahar Marg‘ilon ko‘chasida joylashgan avtosalon binosida o‘tkaziladi.

Aktsiyaning shaffofligini ta'minlash maqsadida unga xaridorlar ham taklif etiladi.

Manzil: Namangan shahar, Marg‘ilon ko‘chasi, 20 uy.

Chust shahri, Toshkent ko‘chasi 3 uy.

Avtomobil xaridi va o‘tkazilayotgan aksiyalar haqida batafsil ma'lumotlarni quyidagi aloqa raqamlari orqali olishingiz mumkin:

+99895 303-88-22

+99895 300-88-12

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top