09:44 / 03.11.2018
9151

Tereza Meyga «kuydirgili» maktub yuborgan shaxsga hukm chiqarildi

Foto: Stefan Wermuth/Reuters

Buyuk Britaniyada Old-Beyli Markaziy jinoiy ishlar bo‘yicha sudi mamlakat bosh vaziri Tereza Meyga tahdid qilgan Vinsent Potterni 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deya yozmoqda The Independent.

Ta'kidlanishicha, 60 yoshli Potter Meyga kuydirgi sporasi (gulsiz o‘simliklarning va ba'zi bir hujayrali jonivorlarning urchish organi) bo‘lgan maktub jo‘natgan. Unga bunga qadar portlovchi modda ishlab chiqargani tufayli ham ayblov hukmi o‘qilgandi. Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, u shizofreniya (ruhiy kasallikning bir turi) kasalligiga chalingan.

«Mening fikrimcha, bunday qo‘rqinchli maktublarni bosh vazirga yuborgan erkak... zudlik bilan ozodlikdan mahrum qilinishi kerak», - dedi sudya.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada o‘z joniga qasd qilish holatlari bilan kurashadigan vazir tayinlangandi.

Mavzuga oid
Top