17:51 / 05.11.2018
6495

Apple talab kamligi bois iPhone XR smartfonlarini qo‘shimcha ishlab chiqarmaydigan bo‘ldi

Foto: REUTERS

Amerikaning Apple korporatsiyasi talab kamligi sababli iPhone XR smartfonlarini qo‘shimcha ishlab chiqarishni bekor qildi, shu bilan birga iPhone 8 va iPhone 8 Plus modellariga buyurtmalarni oshirdi, deb yozmoqda Yaponiyaning Nikkei gazetasi.

"Foxconn dastlab XR modeli uchun 60ga yaqin yig‘uv liniyasini tayyorlagandi, ammo talab kamligi sababli ulardan 45ga yaqinigina ishlab kelmoqda", — degan vaziyatdan xabardor manba.

Shu tarzda Foxconn ushbu modeldagi smartfonlarni kuniga 100 mingtaga kamroq ishlab chiqaradigan bo‘lgan. 

Bundan tashqari, iPhone 8 va iPhone 8 Plus modellariga 5 millionta ko‘proq buyurtma tushgan. 

"Apple avvalroq ushbu chorakda iPhone eski modelidan 20 millionta ishlab chiqarishni rejalashtirgandi, ammo bu raqam 25 milliontaga oshirildi", — degan manba.

Top