11:33 / 05.11.2018
42016

Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2018 yil 3 noyabrdagi buyrug‘iga asosan Aminov Shohrux Azamatovich Navoiy viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi.

Aminov Shohrux Azamatovich
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Shohrux Aminov 1981 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Samarqand shahar prokuraturasida boshlab, Samarqand viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2014 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Toshkent viloyat prokurorining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U bungacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Bundan avvalroq Navoiy viloyatining sobiq prokurori Xidir Samatovich Karimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlangandi.

 

Mavzuga oid
Top