12:24 / 05.11.2018
4241
Jahon banki proteksionizm siyosati jahon iqtisodiyotiga zarba berishi mumkinligini bildirdi
Foto: REUTERS

Alohida davlatlarning protektsion choralari boshqa davlatlar tomonidan zanjirli reaksiya vujudga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin, bu esa jahon iqtisodiyoti o‘sishining sekinlashishiga olib keladi. Bu haqda Jahon banki prezidenti Jim Yon Kim shanxayda ochilgan Xitoy import mahsulotlari xalqaro ko‘rgazmasida aytdi.

"Joriy yilda savdoning globallashuvi sekinlashdi, keyingi ikki yilda esa proteksionizm siyosatiga o‘tish sur'ati tezlashganini ko‘rmoqdamiz. Boj kiritishning avj olishi jahon iqtisodiyoti o‘sishi sur'atlariga ta'sir ko‘rsatadi hamda qashshoqlikni bartaraf etishning sekinlashishiga olib keladi", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "erkin savdodan yuz o‘girish rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlardagi qashshoq oilalarga zarba bo‘lib tushadi. protektsion savdo choralari esa zanjirli reaksiyani keltirib chiqaradi, chunki boshqa davlatlar ham xuddi shunday chora ko‘rishga majbur bo‘ladi.

XXR raisi Si Tszinpin ham bu haqda o‘z fikrlarini bayon etdi.

"Jahon iqtisodiyoti chuqur o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda. Protektsionizm va bir tomonlama yondashuv avj olmoqda. Erkin savdo tizimi zarba ostida qolmoqda, beqarorlik va mavhumlik saqlanib qolmoqda", - dedi u.
Si Tszinpinning aytishicha, bularning bari xalqaro hamjamiyatdan bu holatlarga qarshi birgalikda harakat qilishni talab qiladi. 

"Barcha davlatlar ochiqlik siyosatini olib borishlari, proteksionizm va bir tomonlama yondashuvga qat'iyan qarshi chiqishlari, barcha mamlakatlar iqtisodiyotining integratsiyalashuviga harakat qilishlari darkor", - dedi Xitoy rahbari.
XXR raisi shuningdek, barcha davlatlarni Jahon savdo tashkiloti qoidalariga qat'iy amal qilishga chaqirdi.

Top