02:59 / 06.11.2018
7472

Futbol bo‘yicha amputantlar o‘rtasidagi JCh finalida Angola Turkiyani mag‘lub etdi

Meksikaning San-Xuan-de-los-Lagos shahrida tashkillashtirilgan jahon chempionatining finalida turkiyalik futbolchilar Angola terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi, deb yozmoqda Anado‘lu agentligi.

Foto: Getty Images

Jahon kubogi final bahsida ikki overtaym ham g‘olibni aniqlash uchun yetarli bo‘lmadi va penaltilar bahsida omad angolalik futbolchilar tarafida bo‘ldi — 4:5.

Foto: Anadolu

Bungacha 2007, 2010, 2012 va 2014 yillarda o‘tkazilgan jahon chempionatlarida turkiyalik futbolchilar bronza medaliga ega chiqishgan edi. 2017 yilda o‘zi mezbonlik qilgan Yevropa chempionatida Turkiya amputantlar terma jamoasi chempion bo‘lishgan.

Afsonaviy murabbiy Rustam Qoriyev JChning uchinchi oltin medali bilan

Futbol buyicha amputantlar o‘rtasidagi jahon kubogida eng titulli terma jamoa O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi hisoblanadi. Futbolchilarimiz uch bora — 2007, 2010 va 2012 yillarda jahon chempioni bo‘lishgan.

Top