02:20 / 06.11.2018
14357

Qozog‘iston yangi sun'iy yo‘ldosh bilan qo‘shni respublikalardagi aloqani ta'minlashni rejalashtirmoqda

Foto: lenta.inform.kz

Qozog‘iston o‘zining yangi KazSat-2R kosmik aloqa tizimi yordamida qo‘shni O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi yakuniy iste'molchilarga telekommunikatsion xizmat ko‘rsatishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Qozog‘istonning mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ayni paytda Qozog‘iston 2011 yildan buyon orbitada parvoz qilayotgan KazSat-2 kosmik apparatini rejali almashtirish uchun KazSat-2R sun'iy yo‘ldoshini yasashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Amaldagi sun'iy yo‘ldoshning geostatsionar orbitada hisobiy faol mavjud bo‘lish muddati 2023 yilning noyabrida tugaydi.

“KazSat-2R” kosmik apparatining resurslari “Raqamli Qozog‘iston” davlat dasturini amalga oshirish doirasida fiksirlangan sun'iy yo‘ldoshli aloqa kanallarini tashkil etish uchun ishlatiladi. Bu hamma, jumladan olis qishloqlarda ham joyda keng polosali internetga ulanishni ta'minlash, shuningdek, qo‘shni davlatlar — O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi yakuniy iste'molchilar (davlat organlari, kuchishlatar idoralar, korporativ va xususiy sektorlar)ga telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish imkonini beradi, — deyiladi xabarda.

Ayni paytda Qozog‘iston Respublikasi kosmik aloqa markazi KazSat-2 kosmik apparatini rejali almashtirilishini ta'minlash uchun KazSat-2R komik aloqa tizimini yaratish va foydalanishga topshirishning moliya-iqtisodiy asoslari va texnik topshirig‘ini tayyorlamoqda.

Ayni paytida Qozog‘istonga tegishli “KazSat-2” va “KazSat-3” kosmik apparatlari muvaffaqiyatli ishlatilmoqda, ularning resurslaridan 15 ta sun'iy yo‘ldosh operatorlari foydalanmoqda, Qozog‘iston hududida 11 mingdan ortiq yer usti sun'iy yo‘ldoshli aloqa stansiyalari ishlab turibdi.

Mavzuga oid
Top