11:30 / 06.11.2018
22208

Ronaldu «Real»ning yana bir futbolchisini «Yuventus» rahbariyatiga tavsiya qildi

Foto: Gonzalo Arroyo Moreno/Getty Images

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyatini «Real» darvozaboni Keylor Navas transferiga undamoqda, deb xabar beradi Goal.com.

31 yoshli posbon shu yil yozda Tibo Kurtua «Chelsi»dan Madridga kelgach, asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib bormoqda. U Chempionlar ligasining so‘nggi 3 mavsumida birinchi raqamli darvozabon bo‘lib, «Real»ning ketma-ket bosh sovrinni qo‘lga kiritishiga hissa qo‘shib kelgan edi.

Navas ushbu mavsumda «qaymoqranglilar»ning 7 ta o‘yinida ishtirok etib, ulardan 3 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar Marseloning «Yuventus»ga kelishi ehtimoli haqida xabar berib kelinadi. Shuningdek, o‘tgan hafta transfer huquqi «Real»ga tegishli, ayni paytda «Bavariya» sharafini himoya qilayotgan Xames Rodriges ham Turinga kelishi mumkinligi ma'lum qilingan edi.

Mavzuga oid
Top