15:50 / 06.11.2018
5432

Uber noodatiy xizmatni taklif etmoqda

Foto: REUTERS

AQShning xalqaro taksi xizmati Uber​ Britaniya poyabzal ishlab chiqaruvchi Charlotte Olympia​ bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Endilikda Uber brendi ostida ayollar poyabzali savdo rastalarida paydo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar beradi Metro nashri.

Kompaniya baland platformali oltin sandallar va Uber​ shoes​ brendi bilan ishlab chiqarilayotgan baland poshnali poyabzallarni ommaga namoyish etdi.

Poyabzal bor-yo‘g‘i 14 juft ishlab chiqarildi va faqat Londonning Harvey Nichols Knightsbridge​ do‘konida 15 noyabrga qadar sotilishi aytilmoqda. Dastlabki ma'lumotga ko‘ra, uning narxi 695 funt sterling etib belgilangan. Bir juft oyoq kiyim sotib olgan xaridorning Uber​'dagi hisobiga avtomatik tarzda 500 funt sterling mablag‘ o‘tkaziladi va mijoz bu pullarni taksi xizmatidan foydalanish uchun ishlatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Uber​ 2019 yildan o‘z dronlarini ishlab chiqarish va 2021 yildan ularni tijorat maqsadlarida ishga tushirishni rejalayotgani haqida xabar berilgandi.

Top