09:49 / 07.11.2018
12679

Serbiyalik futbolchi britaniyalik askarlar xotirasini yod etishdan bosh tortdi

Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Nemanya Matich Angliya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan o‘yinga futbolkasiga lolaqizg‘aldoq yopishtirib chiqishdan bosh tortdi. 30 yoshli serbiyalik o‘yinchi lolaqizg‘aldoq qurolli to‘qnashuvlarda, jumladan NATO missiyalari tarkibida ishtirok etib halok bo‘lgan britaniyalik askarlar xotirasini yod etish belgisi ekanligini bilgandan keyin shunday qarorga kelgan.

Futbolchining aytishicha, u bu belgini taqib yuruvchi odamlarni tushunadi va ularning bunga huquqlarini hurmat qiladi. “Biroq men ixtiloflarda o‘z yaqinlarini yo‘qotganlarni ham tushunaman. Ammo bu men uchun bolalikda boshdan kechirishimga to‘g‘ri kelgan hujumni eslatadi. 1999 yilda mening yerimda bombalar portlaganda qo‘rquvga tushgan 12 yoshli bola edim”, deb yozgan Matich instagramda

Uning aytishicha, maydonga lolaqizg‘aldoq bilan tushishdan bosh tortishiga asosiy sabab Buyuk Britaniyaning Serbiyaning bombardimon qilinishida ishtirok etgani hisoblanadi.  

1999 yil martida NATO birlashgan kuchlari Yugoslaviya hududini bombardimon qilishni boshlagan. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, bu bombardimonlar oqibatida 78 kun ichida 1200 dan 2500 gacha kishi halok bo‘lgan. 6 ming kishi, jumladan 2700 bola jarohat olgan. O‘sha vaqtda Serbiya va Chernogoriyadangina iborat bo‘lgan Yugoslaviyaga yekazilgan zarar bir necha milliard dollardan oshib ketgan.

Mavzuga oid
Top