22:36 / 07.11.2018
4428

Turkiya Laosda elchixona ochdi  

Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Laosga tashrifi vaqtida Turkiyaning bu davlatdagi elchixonasi ochilishi marosimida ishtirok etdi.   

Chovusho‘g‘lu Laos poytaxti Ventyandagi elchixonaning ochilishi marosimida u Laosga tashrif buyurgan Turkiyaning birinchi tashqi ishlar vaziri bo‘lganini aytgan. U Laosda elchixona ochilishi bilan Turkiya Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari tashkiloti ASEAN’ga a'zo barcha davlatlar bilan diplomatik missiyalarga ega bo‘lganini qo‘shimcha qilgan. 

Chovusho‘g‘luning aytishicha, Turkiyaning butun dunyodagi diplomatik vakolatxonalari soni 240 taga yetdi va u bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinni egallaydi. Uning ta'kidlashicha, Turkiya  ikki yil ichida bu sonni 269 taga yetkazmoqchi. “Afrikaning o‘zida 41 ta elchixonamiz bor. Biz ikki yil ichida Afrikaning 54 ta davlatida 50 ta diplomatik vakolatxonamiz bo‘lishini istaymiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Turkiya tashqi ishlar vaziri.     

O‘z navbatida, Laos tashqi ishlar vaziri Salemsay Kommasit elchixonaning ochilishidan mamnuniyat bildirgan va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar va hamkorlikning mustahkamlanishiga tilak bildirgan.

Top