8277.53 USD +6.26

9451.28 EUR +76.62

125.56 RUB +3.77

10625.9 GBP -105.28

23:17 / 08.11.2018 16773

Rossiya iqtisodiyotining bosh muammolari ma'lum qilindi  

Фото: Дмитрий Духанин / «Коммерсантъ»

Rossiya hisob palatasi rahbari va sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin Rossiyada 2018 yil yakunlariga ko‘ra iqtisodiy o‘sish yalpi ichki mahsulotning 1 foizidan oshishiga shubha bildirdi. U bunday fikrni Rossiya davlat dumasidagi chiqishida bildirgan. 

Kudrinning fikricha, Rossiya iqtisodiyotini tormozlayotgan bosh sabablardan biri qo‘shilgan qiymatga soliqning oshirilishi, uy-joy qurilishining yangi tizimiga o‘tish, Rossiyaga qarshi sanksiyalarning kuchaytirilishi hisoblanadi.  

Kudrinning aytishicha, iqtisodiy o‘sishni tormozlovchi yana bir muammo benzin bozoridagi vaziyat  hisoblanadi. Bu bozorda neftchilar va davlat bilan kelishuvga kelingandan keyin ham benzin narxi oshishda davom etmoqda. 

Kudrinning tan olishicha, hukumat dastlab aholining real daromadlari o‘sishini kutgan, biroq endi prognozlar iqtisodiy o‘sish umuman bo‘lmasligini yoki yana pasayib ketishini ko‘rsatmoqda. 

Top