8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

21:40 / 08.11.2018 51048

Surxondaryo viloyati prokurori ishdan olindi. U 2 yil oldin 5 yil muddatga tayinlangandi

Surxondaryo viloyati hokimligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda viloyat prokurori ham o‘zgardi.

Viloyat matbuot xizmati xabar berishicha, viloyat prokurori O‘ktam Abdullayevich Saidov boshqa ishga o‘tkazilishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Uning o‘rniga Ulug‘bek Berdiqobilovich Qosimov Surxondaryo viloyati prokurori etib tayinlangan. Ulug‘bek Qosimov shu kungacha Denov tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi.

Ulug‘bek Qosimov 1983 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2005 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2005 yilda Denov tuman prokuraturasida boshlab, Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Qumqo‘rg‘on tuman prokurori, Surxondaryo viloyati Muzrabod tuman hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Adliya maslahatchisi O‘ktam Saidov 2016 yil 14 sentabrida bosh prokuror buyrug‘iga muvofiq 5 yil muddatga Surxondaryo viloyati prokurori etib tayinlangandi.

Top