23:10 / 08.11.2018
17363

Toshkent tumanida 5 kishi is gazidan zaharlandi

Toshkent tumanida joriy yilning 7 noyabr kuni «Oydinhayot» MFYda yashovchi K.I. ismli ayolning uyi yerto‘lasiga o‘rnatilgan Nefit rusumli isitish pechi mo‘risidan sizib chiqqan is gazidan o‘zi va birga yashovchi qizi, ikki nafar nabirasi va mehmonda bo‘lgan qarindoshi zaharlanib kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida 2018 yil 7 noyabr kunida «Sebzor» MFYda yashovchi H.M. uyida isitish pechiga ko‘mir yoqib nazoratsiz qoldirishi sababli o‘zi va birga yashovchi turmush o‘rtog‘i M.M. ko‘mir isidan zaharlanib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma'lumot uchun, 2018 yilning yanvar—oktabr oylari davomida O‘zbekistonda is gazi bilan bog‘liq 32 holatda 53 kishi jarohatlangan, 35 kishi vafot etgan. So‘nggi shov-shuvli voqea 31 oktabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida yuz berdi — bir kechada bir oilaning to‘rt farzandi is gazidan o‘tkir zaharlanib vafot etdi.

Mavzuga oid
Top