02:20 / 08.11.2018
9775

Zimbabvedagi yirik avtohalokatda 47 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Depositphotos / Free2014

Zimbabve shimoli-sharqida ikki avtobus to‘qnashib ketishi oqibatida 47 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Herald Zimbabwe nashri ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 2 bola ham bo‘lgan. 

Foto: Herald Zimbabwe

Yo‘l-transport hodisasi Rusape shahri yaqinida yuz bergan. Voqea joyidan olingan suratlarga ko‘ra, ikkala avtobus ham jiddiy talofat ko‘rgan, bittasining deyarli old qismi yo‘q bo‘lib ketgan.

Top