20:55 / 10.11.2018
51051
Yerga bosh chanog‘i shaklidagi asteroid yaqinlashmoqda
Foto : J. A. Peñas/SINC

11 noyabr kuni Yerga bosh chanog‘i shaklidagi asteroid yaqinlashadi. 2015 TB145 deb nomlangan bu asteroid sayyoramizdan 38 million kilometr masofada uchib o‘tadi.

Xalqaro astronomiya ittifoqi vitse-prezidentining so‘zlariga ko‘ra, asteroidlarning Yer yaqinidan uchib o‘tishi odatiy hol bo‘lib, ular ba'zida inson ko‘ziga tanish shakllarga o‘xshab ketadi.

Avvalroq Yaponiyaning “Xayabusa-2” zondidan tushirilgan ikkita mini-robot Ryugu asteroidiga muvaffaqiyatli qo‘nib, olimlarga ilk marotaba asteroid sirti suratlarini va u haqdagi ma'lumotlarni jo‘natgandi. 

Mavzuga oid
Top