11:50 / 11.11.2018
9172

Donbassda saylovlar boshlandi

Foto: Mixail Tereshchenko / TASS

Donetsk va Lugansk xalq respublikalarida saylov uchastkalari ish boshladi, deb xabar berdi Donetsk yangiliklar agentligi va Lugansk axborot markazi. Har ikki respublikadagi saylovlar Toshkent vaqti bilan soat 22:00gacha davom etadi.

“DXR”da 408ta saylov uchastkasi ochildi. Respublika aholisi “DXR” rahbari lavozimiga 5 nomzoddan birini tanlaydi. Saylovlarda vaqtinchalik rahbar Denis Pushilin, yurist Yelena Shishkina, ”Ozod Donbass” fraksiyasi deputati Roman Xramenkov, fan va ta'lim vazirining sobiq o‘rinbosari Vladimir Medvedev va jamoatchi Roman Yevstifeyev o‘z nomzodini qo‘ygan.

“LXR”da bo‘lib o‘tayotgan respublika rahbarligiga saylovlarda vaqtinchalik rahbar Leonid Pasechnik, fan va ta'lim xodimlari kasaba uyushmasi respublika qo‘mitasi rahbari Oleg Koval, “Lugansk iqtisodiy ittifoqi” jamoatchilik harakati raisi Lyudmila Rusnak va respublika temiryo‘l transporti xodimlari kasaba uyushmasi rahbari Natalya Sergun ishtirok etmoqda.

Shuningdek, har ikki respublika parlamentlariga ham saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Kiyev saylovlarga qarshi chiqmoqda: Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin saylovlarni “sirk tomoshasi” deb atadi va saylovlar o‘tkazilgani uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishiga va'da berdi. 

O‘z navbatida Ukraina prezidenti Petr Poroshenko  mazkur saylovlar bo‘yicha G7, YeI, AQSh va Kanadaning munosabatini kutayotganini ma'lum qildi.

U shuningdek, Donbass aholisini saylovlarda qatnashmaslikka chaqirdi.

Mavzuga oid
Top