16:10 / 11.11.2018
48348
Olimlar parhez va mashqlarsiz ozish usulini topishdi
Foto: CC0 Public Domain

Aniq kun tartibi parhez va mashqlarsiz ozish imkonini beradi, deb xabar bermoqda Medicalxpress.

Garvard tibbiyot maktabi olimlari bir guruh ko‘ngillilar bilan tadqiqot o‘tkazishdi. Guruhdagi kishilar hech qanday jismoniy mashqlarsiz bir oydan ortiq vaqt davomida laboratoriyada yashashdi. Shu bilan birga, ular yashagan binoda deraza va soat yo‘qligi bois tajribada qatnashayotganlar sutka vaqti haqida hech qanday ma'lumotga ega bo‘lishmadi.

Ma'lum bo‘lishicha, inson tanasining tinch holatda energiya yo‘qotishi sirkad ritmga (kun va tunning almashishi bilan bog‘liq turli biologik jarayonlar) bog‘liq ekan. Xususan, agar biologik va "haqiqiy" oqshom mos kelsa inson organizmi iste'mol qilingan ovqat miqdoridan qat'i nazar va hech qanday harakatlarsiz har soatda ancha miqdorda yog‘ yo‘qotar ekan. Bunda tinch holatda turgan organizm oqshomda (soat 17dan 22gacha) ertalabkiga nisbatan 10% ko‘proq kaloriya yo‘qotadi.

Olimlar mazkur tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, har kuni bir vaqtda uxlashga yotib bir vaqtda uyqudan turishni tavsiya qilishmoqda.

Top