23:14 / 12.11.2018
19112
«Betis»ga qarshi o‘yindan so‘ng, Pike va Suares o‘rtasida janjal chiqqan

Primera 12-turidan o‘rin olgan «Betis»ga (3:4) qarshi o‘yindan so‘ng, «Barselona» futbolchilari Pike va Luis Suares orasida ziddiyat kelib chiqdi.

Marca xabariga ko‘ra, urugvaylik to‘purar Pikeni o‘tkazib yuborgan gollardan birida ochiqchasiga ayblagan. O‘z navbatida himoyachi xavfli vaziyatlarni golga aylantirolmaganini Luis Suaresning yuziga solgan. 

Oraga tushgan futbolchilar har ikkalasini murosaga chaqirmoqchi bo‘lishgan. Biroq Pike va Suares o‘z fikridan qaytmay, bir-biridan uzr so‘rashni istamaganlar.

Top