08:30 / 12.11.2018
4406

Boris Jonson: Britaniya YeI uchun «bo‘sh joy» bo‘lishga rozilik bildirdi

Foto: The Telegraph

Buyuk Britaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati Brexit bo‘yicha muzokaralarda tez orada taslim bo‘ladi. Bu haqda The Telegraph xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya vazirlar mahkamasi Yevropa ittifoqining bo‘lajak normativ nizomlari va qoidalariga norozilik bildirmay, YeI uchun «bo‘sh joy» bo‘lib qolishga rozilik beradi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Brexit’dan so‘ng Yevropa ittifoqi qonunchiligi loyihalarini ishlab chiqishda London ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ladi.

Jonsonning qayd etishicha, Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning Bryussel bilan bojxona ittifoqi bo‘yicha taklifi Londonni savdo kelishuvlariga erishish hamda savdo bojlari bilan ishlash imkoniyatidan mahrum qiladi.

Top