10:44 / 12.11.2018
4331

Qirg‘iziston O‘zbekistonga yangi elchi tayinlamoqchi

Foto: Qirg‘iziston TIV

Ibrohim Junusov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Akipress xabar qilmoqda.

Uning nomzodi Jogorku Keneshga taqdim etildi va 13 noyabr kuni JKning Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha Qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Bugungi kunda I.Junusov Qirg‘izistonning Turkiyadagi elchisi sanaladi. U bu lavozimda 2014 yil sentabridan beri ishlab kelyapti.

Avvalroq, Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda elchi 2018 yil 5 martdan beri yo‘qligi haqida xabar bergandi - hozirda Doniyor Sidiqov Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti devonining tashqi siyosat bo‘limi mudiri hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top