08:12 / 12.11.2018
23039

Putin va NATO bosh kotibi Parijda nimani muhokama qilgani ma'lum bo‘ldi

Foto: AFP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Parijda O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildilar. Bu haqida TASS xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Stoltenberg Putin bilan suhbatda Rossiya tomonidan bitimning «buzilishi» to‘g‘risidagi masalani ko‘targan.

Ta'kidlanishicha, NATO bosh kotibi O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimga rioya etish muhimligi haqida alohida ta'kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va «pakana» Putinning qo‘l siqishishi internetda memlarga sabab bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top