00:15 / 12.11.2018
3827

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha xalqaro musobaqa boshlandi

11 noyabrda Universal sport saroyida shpagachilar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha xalqaro musobaqa “Satellit” boshlandi.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Indoneziya va Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi bayrog‘i ostida ishtirok etuvchi qilichbozlar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.

Tadbirning estrada yulduzlari ishtirokidagi ijodiy qismidan keyin O‘zbekiston madhiyasi yangrab, musobaqalarga start berilgan.

Top