11:22 / 13.11.2018
24797

10 oy ichida prokuratura organlari xodimlariga qancha pora taklif qilingani aytildi

Foto: KUN.UZ

Bosh prokuratura 2018 yilda o‘z xodimlariga pora berishga urinish bo‘yicha 80 dan ortiq holatni qayd etdi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Joriy yilning 10 oyi davomida Bosh prokuratura tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti, Majburiy ijro byurosi va boshqa bo‘linmalar xodimlariga 81 bor pora taklif qilish holatlari aniqlandi», - deyiladi xabarda.

Ushbu holatlarda taklif etilgan poralarning umumiy summasi 28,1 ming dollar va 49 million so‘mni tashkil etdi.

«Har bir holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning keng ko‘lamli tadbirlari davom etmoqda. Mansab vakolatini suiiste'mol qilish, pora olish va berish bilan bog‘liq qator ishlar yurituvda», - deya ta'kidlab o‘tgan matbuot xizmati. 

Mavzuga oid
Top